Ertaklar





Ayyor bilan sodda

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda bir ayyor bilan sodda bo‘lgan ekan.

Kunlardan bir kuni ular safar qilmoq uchun yo‘lga chiqishibdi. Yo‘lda ketayotib, bir xumcha oltin topib olishibdi. Oltinni ikkovi bo‘lib olmoqchi bo‘lishibdi. Biroq ayyor soddaga oltinlarni berishni xohlamabdi-da, soddani aldash yo‘liga tushibdi. Ayyor soddaga shunday debdi:

— Agar biz oltinlarni shaharga olib kirsak, kishilar bilib qolib, oltinlarni tortib olishadi. Yaxshisi ularni ko‘maylik-da, kerak vaqtida, oz-ozdan, olib sarflaylik.

Shunda sodda bunga ko‘nibdi. Oltinni ko‘mibdilar.

Kunlar o‘tib, soddaga oltin kerak bo‘lib qolibdi. Buni ayyorga kelib aytgan ekan, ayyor:

— Menga ham kerak edi, — debdi. Shunda ikkisi birga oltin ko‘milgan joyga borib qarasalar, ko‘milgan oltin yo‘qmish. Ayyor oltinni o‘zi o‘g‘irlab, berkitib qo‘ygan ekan. Lekin shunga qaramasdan, soddaga tuhmat qilibdi. Shundan so‘ng, ikkisi qozi oldiga borishibdi. Butun voqeani qoziga aytib berishibdi. Qozi ayyorning gapiga ishonmabdi.

— Biz oltinni daraxt ostiga ko‘mganmiz, ishonmasangiz o‘sha daraxt guvohlik beradi, — debdi ayyor, keyin uyiga kelib, qari otasiga:

— Siz guvoh bo‘lasiz, — debdi. Otasi unga unamabdi. Ayyor, otasiga yalinib yurib, oxiri uni ichi po‘k daraxt ichiga kirgizib qo‘yibdi. Sodda qozini yetaklab daraxt tagiga boribdi. Shunda qozi so‘rasa, daraxt ichidan:

— Oltinni qo‘ygan odam olib ketgan, — degan ovoz kelibdi, Shunda qozi, «bu daraxt ichida shayton borga o‘xshaydi», deb daraxt tagiga o‘t qo‘ydiribdi. O‘t yoqilgach, daraxt ichidagi chol «dod» solib:

— Meni qutqaringlar, meni o‘g‘lim majbur qilgan, — deb baqiribdi, o‘tni o‘chirishibdi cholni olib chiqsalar, u o‘lib qolgan ekan.

Qozi soddaga oltinlarning hammasini beribdi. Shunday qilib, ayyorlik bilan «oltinni olaman» degan ochko‘z ayyor, o‘z otasidan ham, oltinlardan ham ayrilib qolgan ekan.

Boshqa o'xshashlari


Saxiy bilan Baxil

Bir bor ekan, bir yo’q ekan, qadim zamonda Saxiy bilan Baxil bo’lgan ekan. Kunlardan bir kuni ular birga sayohatga boribdilar. Yoida Baxil suv solingan meshning og’zini hech ochmabdi, oziq-ovqat solgan xaltasini yechmabdi. Saxiyning suvini ichib, nonini yeb yuraveribdi. Bir kuni Saxiyning suvi ham, noni ham tamom bo’libdi. Ular charchab, bir cho’lda dam olgani o’tiribdilar. Baxil […]

Batafsil
Uddaburon olmaxon

Qalin qor yog‘ib, o‘rmon ham, jonivorlar ham uyquga ketibdi. Ko‘zlarini ochsa-a… Yangi yilga bir kun qolgan emish. Shoshib qolishibdi: Yangi yilni kutib olishga kim chiqadi? Yana, eng baland tog‘ning tepasidagi eng baland archaga! Muhimi, shartni bajarish kerak: archa uchidagi taqvim – yilnomaning so‘nggi varag‘ini olishga ulgurish kerak. Bo‘lmasa o‘rmonga Yangi yil kirib kelmaydi. Hamma shundan […]

Batafsil
Buzoq, echki va qo‘zi

Bor ekanda yo‘q ekan, bir dangasa bor ekan, hech ishga tobi yo‘q ekan. U hatto shu daraja dangasa ekanki, kunga chiqib o‘tirishni ham xushlamas ekan. Uning birgina xotinidan boshqa hech kimi yo‘q ekan. Bahor kelib, o‘tlar ko‘karib, yozning issiq kunlari kelmasdan boylar o‘z mollari bilan yaylovga ko‘chib ketar ekanlar. Hech qanday moli bo‘lmasa ham dangasa […]

Batafsil