Ertaklar





Non — hamroh

Qadim zamonda ikki kishi uzoq safarga chiqmoqchi bo‘lishibdi. Yo‘l olis, odam yursa, oyog‘i, qush uchsa, qanoti kuyadigan biyobonlardan o‘tar ekan.

Ulardan biri boy odam ekan. U o‘zi bilan bir xalta oltin olibdi. Ikkinchi kishi esa kambag‘al ekan. U o‘zi bilan bir xalta qotgan non olibdi. Shunda boy kambag‘al sherigining ustidan kulibdi:

—Quruq non bilan olis yurtda tirikchilik qilib bo‘larkanmi? Oltin olish kerak, oltin har qanday yurtda ham qadrli, istagan narsani sotib olish mumkin,—debdi. Kambag‘al sherigi indamabdi.

Ikkovlon yo‘lga chiqishibdi. Yo‘l yuribdilar, yo‘l yursalar ham mo‘l yuribdilar. Inson zoti yashamaydigan sahro-yu cho‘llardan o‘tib, rosa charchab. ochiqibdilar. Bir yolg‘iz daraxt soyasida dam olish uchun o‘tirishibdi. Xurjunni oltin bilan to‘ldirgan boy kishining ochlikdan tinkasi quribdi, ammo bir burda non so‘rashdan or qolibdi.

Safarga nondan boshqa hech narsa olmagan kishining sherigiga rahmi kelibdi. Unga bir burda non sindirib beribdi. Ikkovi baham ko‘rib ovqatlanibdilar va eson-omon manzilga yetib borishibdi.

Oltinga ishonib nonni mensimagan odam xijolatda qolibdi, xatosini tushunibdi. Ota-bobolarimizning “non – hamroh” degan hikmatini hech unutmaslik zarurligini anglabdi.

Boshqa o'xshashlari


Saxiy bilan Baxil

Bir bor ekan, bir yo’q ekan, qadim zamonda Saxiy bilan Baxil bo’lgan ekan. Kunlardan bir kuni ular birga sayohatga boribdilar. Yoida Baxil suv solingan meshning og’zini hech ochmabdi, oziq-ovqat solgan xaltasini yechmabdi. Saxiyning suvini ichib, nonini yeb yuraveribdi. Bir kuni Saxiyning suvi ham, noni ham tamom bo’libdi. Ular charchab, bir cho’lda dam olgani o’tiribdilar. Baxil […]

Batafsil
Uddaburon olmaxon

Qalin qor yog‘ib, o‘rmon ham, jonivorlar ham uyquga ketibdi. Ko‘zlarini ochsa-a… Yangi yilga bir kun qolgan emish. Shoshib qolishibdi: Yangi yilni kutib olishga kim chiqadi? Yana, eng baland tog‘ning tepasidagi eng baland archaga! Muhimi, shartni bajarish kerak: archa uchidagi taqvim – yilnomaning so‘nggi varag‘ini olishga ulgurish kerak. Bo‘lmasa o‘rmonga Yangi yil kirib kelmaydi. Hamma shundan […]

Batafsil
Buzoq, echki va qo‘zi

Bor ekanda yo‘q ekan, bir dangasa bor ekan, hech ishga tobi yo‘q ekan. U hatto shu daraja dangasa ekanki, kunga chiqib o‘tirishni ham xushlamas ekan. Uning birgina xotinidan boshqa hech kimi yo‘q ekan. Bahor kelib, o‘tlar ko‘karib, yozning issiq kunlari kelmasdan boylar o‘z mollari bilan yaylovga ko‘chib ketar ekanlar. Hech qanday moli bo‘lmasa ham dangasa […]

Batafsil