Ertaklar





Quyoncha, ayiqcha va kasal tishcha

Kattagina o’rmonda qadrdon do’stlar: mitti quyoncha va kuchli ayiqcha yashar ekan. Ular juda yaqin do’st ekan, har doim birga o’ynashar, birga yurishar ekan. Shuning uchun quyonchani hech kim xafa qilolmas ekan. Hattoki ayyor tulki ham ayiqchaning kuchli g’amxo’r himoyachisi borligini bilar ekan.

Do’stlar bir-biriga juda o’xshashar, faqat quyoncha turp, sholg’om, sabzi va karamni, ayiqcha esa asal va shirinliklarni xush ko’rar ekan. Quyoncha ertalab va kechqurun tishlarini tozalashni kanda qilmas, ayiqcha esa tish yuvishni uncha yoqtirmas ekan. Bir kuni do’stlar o’rmonda sayr qilishga kelishib olishibdi, biroq ayiqcha kutilgan joyga kelmabdi.

Quyoncha bundan xavotirga tushibdi. Chunki ayiqcha doim aytilgan joyga vaqtida yetib kelarkan-da. Quyoncha ayiqchaning uyiga yuguribdi. Borsa ayiqcha jag’ini bog’lab olib, yum-yum yig’layotgan ekan. Uning tishi juda qattiq og’rib qolgan ekan-da. Quyoncha unga shifokorga borishni maslahat beribdi. Ayiqcha esa qo’rqqanidan rozi bo’lmabdi.

U og’riq o’tib ketsa kerak deb o’ylabdi. Quyonchaga bir oz kutib turishini aytibdi. Quyoncha og’riq qoldiruvchi giyog’lardan terib kelish uchun o’tloqqa otlanibdi. Shunda ayor tulki uning ortidan tushibdi. U ayiqcha bilan quyonchaning gaplarini poylab eshitib olgan ekan-da. Biroq quyoncha tulkini sezib qolibdi va ayiqchaning iniga qarab qochibdi. Tulki uni tutib olishiga sal qolibdi. U ayiqchaga bo’lgan voqeani aytib beribdi. Ayiq uning qo’rqoqligini deb do’sti xatarga qolganidan uyalibdi va tish shifokoriga yo’l olibdi. Qo’rqmasdan tishlarini davolatibdi. Ayiqcha shu kundan boshlab tishlarini parvarishlashga qattiq kirishibdi. Shirinliklar yeyishni kamaytirib, sabzavotlar yeyishni boshlabdi.

 

Boshqa o'xshashlari


Saxiy bilan Baxil

Bir bor ekan, bir yo’q ekan, qadim zamonda Saxiy bilan Baxil bo’lgan ekan. Kunlardan bir kuni ular birga sayohatga boribdilar. Yoida Baxil suv solingan meshning og’zini hech ochmabdi, oziq-ovqat solgan xaltasini yechmabdi. Saxiyning suvini ichib, nonini yeb yuraveribdi. Bir kuni Saxiyning suvi ham, noni ham tamom bo’libdi. Ular charchab, bir cho’lda dam olgani o’tiribdilar. Baxil […]

Batafsil
Uddaburon olmaxon

Qalin qor yog‘ib, o‘rmon ham, jonivorlar ham uyquga ketibdi. Ko‘zlarini ochsa-a… Yangi yilga bir kun qolgan emish. Shoshib qolishibdi: Yangi yilni kutib olishga kim chiqadi? Yana, eng baland tog‘ning tepasidagi eng baland archaga! Muhimi, shartni bajarish kerak: archa uchidagi taqvim – yilnomaning so‘nggi varag‘ini olishga ulgurish kerak. Bo‘lmasa o‘rmonga Yangi yil kirib kelmaydi. Hamma shundan […]

Batafsil
Buzoq, echki va qo‘zi

Bor ekanda yo‘q ekan, bir dangasa bor ekan, hech ishga tobi yo‘q ekan. U hatto shu daraja dangasa ekanki, kunga chiqib o‘tirishni ham xushlamas ekan. Uning birgina xotinidan boshqa hech kimi yo‘q ekan. Bahor kelib, o‘tlar ko‘karib, yozning issiq kunlari kelmasdan boylar o‘z mollari bilan yaylovga ko‘chib ketar ekanlar. Hech qanday moli bo‘lmasa ham dangasa […]

Batafsil