Ertaklar





Saxiy bilan Baxil

Bir bor ekan, bir yo’q ekan, qadim zamonda Saxiy bilan Baxil bo’lgan ekan. Kunlardan bir kuni ular birga sayohatga boribdilar. Yoida Baxil suv solingan meshning og’zini hech ochmabdi, oziq-ovqat solgan xaltasini yechmabdi. Saxiyning suvini ichib, nonini yeb yuraveribdi.

Bir kuni Saxiyning suvi ham, noni ham tamom bo’libdi. Ular charchab, bir cho’lda dam olgani o’tiribdilar. Baxil o’z meshidan piyolaga suv quyib ichibdi, xaltasidan non olib yebdi. Ochlik va tashnalikdan holsizlangan Saxiy:

Do’stim, menga ham ber, — debdi.

Baxil nafrat bilan:

Men sening holingga tushishni istamayman, — debdi.

U tuyaga minib, o’z yo’ldoshini cho’lda yolg’iz tashlab ketibdi.

Saxiyning yo’l yurishga madori qolmabdi. U ochligi va tashnaligini qondirish uchun ko’karib turgan bir o’tni og’ziga solib chaynabdi. Bu o’tning ajoyib xosiyati bor ekan. Saxiy hamma giyoh va jonivorlarning tilini tushunadigan bo’libdi.

Kech kirib qolganda u qum ustiga yotibdi, och va tashna bo’lganidan ko’ziga uyqu kelmabdi. Qorong’i tushganda ikkita toshbaqa o’rmalab kelibdi.

Qizig’i shuki, bu ahmoq tashnalikdan o’lyapti, yarim soat yo’l yursa, quduqqa yetadi, — debdi bir toshbaqa.

Men ham shunga hayronman, — debdi ikkinchi toshbaqa. — Ahmoq ochidan o’lay deyapti, bo’lmasa quduqning yonidagi o’tovda bir ko’chmanchi turadi, suti ham, go’shti ham bor, o’sha yerga borsa bo’lardi.

Saxiy qulog’iga ishonmay, tuyaga minib jo’nabdi. Quduqni topib, to’ygun- cha suv ichib, mehmondo’st ko’chmanchining uyida ovqat yebdi.

Erta bilan Saxiy ko’chmanchidan oziq-ovqat sotib olib, yo’lga tushibdi. Baxil ham uning ketidan boraveribdi.

Saxiy ko’chmanchidan olgan go’sht haqini to’layotganida Baxil uning hamyo- ni katta ekanligini sezib qolib, niyati buzilgan ekan. Ular bir qishloqqa yetibdilar. Saxiy uyquga ketganda, Baxil bildirmay uning hamyonini, tuyasini o’g’irlab, qochib ketibdi.

Saxiy juda qayg’uribdi. Noiloj o’ziga bir tayoq kesib olib, uni hassa qilib, yo’lga tushibdi. Keta turib, devor ustida o’tirgan ikkita zag’izg’onning gaplarini eshitibdi:

Sen o’z uyangga qayyerdan oltin tangalar tashib kelasan? — deb so’rabdi bir zag’izg’on yonidagi sherigidan.

— Manavi baland terakning tagida ko’r sichqon turadi, — debdi ikkinchi zag’izg’on. — U yetti podshoning xazinasini topibdi. Ko’r sichqonning oyog’i ostidan tangalarni o’g’irlab qochaman, u ko’rmaydi.

Saxiy terakning tagini qazib, yetti podshoning xazinasini topibdi. Shaharga yetib kelib, karvonsaroyda to’xtabdi. Saxiy o’z odatiga ko’ra, pulni ayamabdi va kambag’allarga yordam berib, ularni xursand qilibdi.

Baxil Saxiyning boyib ketganini va gadoylarga ayamay sadaqa berayotganini ko’rib, hasadi kelibdi, alamiga chidolmay, uyqusi qochibdi. Podshoga borib:

Podsho hazratlari, sizning shahringizdagi karvonsaroyga bir qaroqchi kelib tushdi. Uni qamashga amr qiling, — debdi.

Podshoning posbonlari karvonsaroyga kelib, Saxiyni qamab, pullarini tortib olibdilar va o’zini podsho huzuriga keltiribdilar.

Sen qaroqchisan, — deb baqiribdi podsho. — Ertaga seni dorga ostiraman.

Saxiy o’zining kimligini va nima voqealar bo’lganini so’zlabdi, lekin podsho

lining gapiga quloq solishni istamabdi. Pullarni xazina foydasiga olibdi. Baxilni haydab yuboribdi. Saxiyni zindonga soldiribdi.

Saxiy qorong’i zindonda qayg’urib o’tiribdi. “Bu balo boshimga qaydan keldi?” — deb o’ylabdi. Shu payt teshikdan ikkita sichqon chiqib, bir-birlari bilan so’zlasha boshlabdilar.

Podshoning qizi ko’r boiib qoldi. Shunday chiroyli qizga kishi achinadi, — debdi bir sichqon.

Kimki malikaning ko’zini davolasa, podsho uning boshidan tilla sochadi, — debdi ikkinchisi.

Tfu, odamlar ahmoq, — debdi birinchi sichqon. — Uni davolash oson. Cho’lda kal Abdulla degan odam qo’y boqib yuradi. Suruvning ichida qo’tir echki bor. O’sha echkining soqolidan ikki tola olib, yondirib, kulini malikaning ko’ziga bossa, ochiladi.

Sichqonlar ketgandan keyin Saxiy:

Men hakimman, men tabibman! — deb qichqira boshlabdi. Uzoq qich- qirsa ham, zindonchilardan hech biri uning gapiga quloq solmabdi. Nihoyat, zindonchilardan biri podshoning oldiga kelib, tiz cho’kib:

Zindondagilardan biri: “Men hakimman, men tabibman”, — deb qichqiryapti, — debdi.

Tez bu yerga olib kelinglar.

Saxiyni podshoning oldiga boshlab kelibdilar.

Ha, sen edingmi, qaroqchi? — debdi podsho. — Nima deb qichqiryap- san? Bari bir kuning bitgan.

Men qaroqchi emasman, — debdi Saxiy. — Men — tabibman. Men bir zumda qizingizning ko’zini tuzataman.

Podsho uning so’ziga ishonmabdi, lekin posbonlarga uni cho’lga boshlab borishni buyuribdi. Cho’lda kal Abdulla qo’y boqib yurgan ekan. U qo’tir echkining soqolidan yarmini yulib olib, sichqonlarning aytganini qilib, Malikaning ko’zini tuzatibdi. Malika ko’zini ochibdi, podsho behad xursand bo’lib, Saxiyga ko’p oltin in’om qilibdi, o’z egnidagi zar choponini beribdi.

Saxiy og’ir qopdagi oltinlarni ko’tarib, yangi ipakto’nni kiyib, saroydan chiqqanda, Baxil uning oldiga kelib, ta’zim qilibdi.

Nima deysan? — deb so’rabdi Saxiy.

Nima sababdan sening omading keladi-yu, mening boshimga falokatlar tushaveradi. Shuni menga tushuntir…

Saxiy Baxildan ko’p yomonliklar ko’rgani uchun unga qaragisi ham kel- mabdi, lekin o’zining saxiylik tabiati g’olib kelib, ajoyib xosiyatga ega bo’lgan o’t to’g’risida gapirib beribdi.

O’sha o’tni yeb, jonivorlarning gapiga quloq sol. Dunyodagi sirlardan xabardor bo’lasan, — debdi.

Baxil shoshib-pishib, hatto Saxiyga rahmat ham aytmasdan, tuyaga minib, sahroga jo’nabdi.

O’sha o’tni yeb, jonivorlar tilini tushunadigan bo’libdi.

Toshbaqa, zag’izg’on, sichqonga o’xshagan mayda-chuyda jonivorlar­ning gapiga quloq solib yuramanmi? — debdi u o’ziga o’zi. — Kichik jonivorlar kichik sirlarni biladi. Katta jonivorlar katta sirlarni biladi.

Sahroda tentirab yurib, bir g’ordan kechqurun arslon, yo’lbars, bo’ri va tulki chiqqanini ko’ribdi.

Ana shularning gapiga quloq solish kerak, — debdi u.

Baxil qo’rqoq ekan, lekin ochko’zligi qo’rqoqligidan ustun kelibdi va u yirtqich hayvonlarning g’origa kirib, berkinib olibdi.

Bu yerdan odam isi kelyapti, — debdi arslon.

Ha, bu yerda allakim borga o’xshaydi, — debdi yo’lbars.

Bu yerda odam bor, — deb uv tortibdi bo’ri. — U bizning tushki ovqatimizga o’z oyog’i bilan kelibdi.

Jonivorlar Baxilga hujum qilib, uni yeb qo’yibdilar.

Saxiy esa saxiyligi uchun murod-u maqsadiga yetibdi.

Boshqa o'xshashlari


Uddaburon olmaxon

Qalin qor yog‘ib, o‘rmon ham, jonivorlar ham uyquga ketibdi. Ko‘zlarini ochsa-a… Yangi yilga bir kun qolgan emish. Shoshib qolishibdi: Yangi yilni kutib olishga kim chiqadi? Yana, eng baland tog‘ning tepasidagi eng baland archaga! Muhimi, shartni bajarish kerak: archa uchidagi taqvim – yilnomaning so‘nggi varag‘ini olishga ulgurish kerak. Bo‘lmasa o‘rmonga Yangi yil kirib kelmaydi. Hamma shundan […]

Batafsil
Buzoq, echki va qo‘zi

Bor ekanda yo‘q ekan, bir dangasa bor ekan, hech ishga tobi yo‘q ekan. U hatto shu daraja dangasa ekanki, kunga chiqib o‘tirishni ham xushlamas ekan. Uning birgina xotinidan boshqa hech kimi yo‘q ekan. Bahor kelib, o‘tlar ko‘karib, yozning issiq kunlari kelmasdan boylar o‘z mollari bilan yaylovga ko‘chib ketar ekanlar. Hech qanday moli bo‘lmasa ham dangasa […]

Batafsil
Ayyor bilan sodda

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda bir ayyor bilan sodda bo‘lgan ekan. Kunlardan bir kuni ular safar qilmoq uchun yo‘lga chiqishibdi. Yo‘lda ketayotib, bir xumcha oltin topib olishibdi. Oltinni ikkovi bo‘lib olmoqchi bo‘lishibdi. Biroq ayyor soddaga oltinlarni berishni xohlamabdi-da, soddani aldash yo‘liga tushibdi. Ayyor soddaga shunday debdi: — Agar biz oltinlarni shaharga olib […]

Batafsil