Qo'shiqlar matni





Yangi yil (Qo‘shiq matni)

Yangi tilak yangi umid yangi kunda
Diydor shirin bayramlarning zavqi shunda
Yana bir yil nihoyasi qutlug’ kunda
Yangi yilga birga qadam qo’ying do’stlar
Bizlar bilan o’ynab kuling do’stlar
Oppoq qorlar olib keldi qorbobo
Sovg’alarga to’lib keldi qorbobo
Baland archa atrofidan ketkim kelmas
Qalbingizdan niyat qiling hech kim bilmas
O’tgan yil ham sofligidan eski yilmas
Yangi yildan ezguliklar kuting do’stlar
Bizlar bilan o’ynab kuling keling do’stlar
Oppoq qorlar olib keldi qorbobo
Sovg’alarga to’lib keldi qorbobo
Duo qiling qor yomg’irlar soy bo’lsin deb
Duo qiling topganimiz oy bo’lsin deb
Bu yilni ham omadlarga boy bo’lsin deb
Yangi yilga birga qadam qo’ying do’stlar
Bizlar bilan o’ynab kuling keling do’stlar
Oppoq qorlar olib keldi qorbobo
Sovg’alarga to’lib keldi qorbobo!!!

Boshqa o'xshashlari


Yangi yil (Qo‘shiq matni)

Yilning so’nggi soniyalari o’tib bormoqda
Yana tezlik bilan bu yil xam bizdan ketmoqda
Sarxisob qilib nelardan ayrilib va erishdik
Maqsadlarni qay darajada amalga oshirdik

Batafsil
O’lka

Bog’laringni sayr etganimda,
Sen boreding qalbda, Vatanim.
Bog’ husniga she’r bitganimda,
Uni dastlab senga atadim.

Batafsil
Ozodbek Nazarbekov – O‘zbekistonim (Qo‘shiq matni)

Go‘zal yurtim (go‘zal yurtim), betakrorim (betakrorim),
Muqaddasim O‘zbekiston, jonim fido Vatanim!
Yigirma besh yilkim to‘xtamas karvon,
Shijoat shahtiga lol ahli jahon.
Boshida parvona baxt qushi Humo,
Buyuk manzillarni ko‘zlagan sarbon.

Batafsil