Ertaklar

Saxiy bilan Baxil

Bir bor ekan, bir yo’q ekan, qadim zamonda Saxiy bilan Baxil bo’lgan ekan. Kunlardan bir kuni ular birga sayohatga boribdilar. Yoida Baxil suv solingan meshning og’zini hech ochmabdi, oziq-ovqat solgan xaltasini yechmabdi. Saxiyning suvini ichib, nonini yeb yuraveribdi. Bir kuni Saxiyning suvi ham, noni ham tamom bo’libdi. Ular charchab, bir cho’lda dam olgani o’tiribdilar. Baxil […]

Batafsil
Uddaburon olmaxon

Qalin qor yog‘ib, o‘rmon ham, jonivorlar ham uyquga ketibdi. Ko‘zlarini ochsa-a… Yangi yilga bir kun qolgan emish. Shoshib qolishibdi: Yangi yilni kutib olishga kim chiqadi? Yana, eng baland tog‘ning tepasidagi eng baland archaga! Muhimi, shartni bajarish kerak: archa uchidagi taqvim – yilnomaning so‘nggi varag‘ini olishga ulgurish kerak. Bo‘lmasa o‘rmonga Yangi yil kirib kelmaydi. Hamma shundan […]

Batafsil
Buzoq, echki va qo‘zi

Bor ekanda yo‘q ekan, bir dangasa bor ekan, hech ishga tobi yo‘q ekan. U hatto shu daraja dangasa ekanki, kunga chiqib o‘tirishni ham xushlamas ekan. Uning birgina xotinidan boshqa hech kimi yo‘q ekan. Bahor kelib, o‘tlar ko‘karib, yozning issiq kunlari kelmasdan boylar o‘z mollari bilan yaylovga ko‘chib ketar ekanlar. Hech qanday moli bo‘lmasa ham dangasa […]

Batafsil
Ayyor bilan sodda

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda bir ayyor bilan sodda bo‘lgan ekan. Kunlardan bir kuni ular safar qilmoq uchun yo‘lga chiqishibdi. Yo‘lda ketayotib, bir xumcha oltin topib olishibdi. Oltinni ikkovi bo‘lib olmoqchi bo‘lishibdi. Biroq ayyor soddaga oltinlarni berishni xohlamabdi-da, soddani aldash yo‘liga tushibdi. Ayyor soddaga shunday debdi: — Agar biz oltinlarni shaharga olib […]

Batafsil
Quyoncha, ayiqcha va kasal tishcha

Kattagina o’rmonda qadrdon do’stlar: mitti quyoncha va kuchli ayiqcha yashar ekan. Ular juda yaqin do’st ekan, har doim birga o’ynashar, birga yurishar ekan. Shuning uchun quyonchani hech kim xafa qilolmas ekan. Hattoki ayyor tulki ham ayiqchaning kuchli g’amxo’r himoyachisi borligini bilar ekan. Do’stlar bir-biriga juda o’xshashar, faqat quyoncha turp, sholg’om, sabzi va karamni, ayiqcha esa […]

Batafsil
Bola va donishmand

Yoz kunlaridan birida donishmand o‘z aravasida xayol surib ketayotgan ekan. Birdan arava to‘xtab qolibdi. Donishmand engashib qarasa, ko‘chaning o‘rtasida bir yosh bola loy o‘ynab o‘tirgan ekan. Donishmand nazar solsa bola loydan shahar qurayotgan ekan. Bola aravaga bir qarabdi-yu, yo‘lni bo‘shatishni xayoliga ham keltirmay o‘tiraveribdi. Donishmand boladan: Xo‘sh, kichkintoy, nega aravaga yo‘l bermayapsan? — deb so‘rabdi. […]

Batafsil
Non — hamroh

Qadim zamonda ikki kishi uzoq safarga chiqmoqchi bo‘lishibdi. Yo‘l olis, odam yursa, oyog‘i, qush uchsa, qanoti kuyadigan biyobonlardan o‘tar ekan. Ulardan biri boy odam ekan. U o‘zi bilan bir xalta oltin olibdi. Ikkinchi kishi esa kambag‘al ekan. U o‘zi bilan bir xalta qotgan non olibdi. Shunda boy kambag‘al sherigining ustidan kulibdi: —Quruq non bilan olis […]

Batafsil