Ertaklar

Bo‘ri bilan mergan

Bor ekan, yo‘q ekan, och ekan, to‘q ekan, bo‘ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, qarg‘a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan, g‘oz karnaychi ekan, o‘rdak surnaychi ekan, tovuq toq etdi, bilmadim qaqqa ketdi. Bir mergan bor ekan. U mergan ovga chiqibdi. Bo‘ri uchrab quvib ketibdi. Bir joyda chol xirmon sovurayotgan ekan. Bo‘ri yugurib kelib, cholga: — […]

Batafsil
Qarg‘a bilan qo‘zi

Bor ekan, yo‘q ekan, bo‘ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, qarg‘a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan, o‘rdak surnaychi ekan, g‘oz karnaychi ekan, tovuq taq etdi, bilmadim qaqqa ketdi. Bir qarg‘a bilan qo‘zi bor ekan. Qarg‘a qo‘zi yoniga borib: — Seni yeyman, — debdi. — Meni yeyishga yeysanu, tumshug‘ing harom, daryoga borib chayqab kelib, undan keyin […]

Batafsil
Yetti dangasa

Bir kuni yetti dangasa bozorga o‘ynagani chiqishibdi. Yurib-yurib qorinlari ochibdi. Ular pul yig‘ishib, yettita xurmachada qatiq va yettita non olishibdi.Olgan narsalarini yeyish uchun joy izlashib, bir chekkaga o‘tishibdi. Ular atrofga qarasalar, qo‘llarini yuvish uchun suv ko‘rinmabdi. Shunda ularning eng kattasi boshqalariga suv keltirishni buyuribdi. Ular bir-birlariga sansalorlik qilib, hech qaysisi unamabdi. Shunda dangasalar bir-biriga shart […]

Batafsil
Halollik

O‘tgan zamonda bir dehqon bo‘lgan ekan. Uning kambag‘al oshnasi bor ekan. Kunlardan bir kuni u dehqondan bir tanob yerini sotishni iltimos qilibdi. Dehqon yerning bir chekkasini kambag‘al oshnasiga sotibdi. Yerni olgan odam bir qalin og‘aynisidan qo‘sh ho‘kiz olib kelib, yer haydayotganida, omochning tishi bir nimaga tegibdi. Dehqon parvo qilmay hayday beribdi. Qaytib o‘sha yerga kelganida […]

Batafsil
Gul o`stirolmagan bola

Qadim zamonlarda bir mamlakatda donishmand bir qirol hukmronlik qilgan ekan. Uning farzandi yo‘q ekan. Kunlardan bir kuni qirol: “Mamlakatdagi eng vijdonli bolani topib, uni o‘zimga o‘g‘il qilib olsam”, deb o‘ylabdi va mamlakatdagi barcha bolalarga gul urug‘i ulashishni buyuribdi. “Kimki shu urug‘dan eng chiroyli gul yetishtirsa shu mening o‘g‘lim yoki qizim bo‘ladi”,- deb e’lon qilibdi. Hamma […]

Batafsil
Farosatsiz eshak

Bir eshak bor ekan. U o‘zini juda aqlli deb bilar ekan. Kunlardan bir kuni u bir boqqa kiribdi. Qarasa, daraxtlarda mevalar, polizda qovun-tarvuz-u, qovoqlar pishib yotgan emish. Eshak daraxtlardagi mevalarga, polizdagi qovoqlarga qarab, diqqat qilibdi. Shalpang quloqlarini qimirlatib: — Tabiat-ku hamma narsani bilib yaratgan-a, lekin ko‘p narsalar borki, ularni boshqacharoq qilib yaratish kerak edi-da, — […]

Batafsil
Ovchi va qushlar

Bir ovchi daraning chekkasiga to‘rdan tuzoq qo‘yibdi. To‘r tagidagi don-dunlarga aldangan bir to‘da qushlar tuzoqqa ilinib qolibdi. Ovchi to‘r tuzoqlaridan xabar olgani kelsa, unga ilingan qushlar gurr etib, to‘rni ham ko‘tarib, uchib ketishibdi. Qushlarning bir tan, bir jon bo‘lib, ustiga-ustak, to‘r tuzoqni ham ko‘tarib uchishlariga lol qolgan ovchi orqalaridan quva boshlabdi. Yo‘lda bir odamga duch […]

Batafsil