Ertaklar

Podsho bilan to‘ti

Qadim zamonda bir podsho bo‘lib, uning yaxshi ko‘rgan bir to‘tisi bor ekan. Podsho va to‘ti bir-birini ko‘rmasa turolmas ekan. To‘ti doimo podshoga mehribonlik ko‘rsatib, unga shirin so‘zlarni aytar, uni xursand qilar ekan. Bir kuni to‘ti podshodan o‘z yurti Hindistonga borib kelishga ruxsat so‘rabdi. Podsho u ketsa xafa bo‘lib, kasallanib qolishini aytibdi. To‘ti podshoni aldamasligini, unga […]

Batafsil
Gapiruvchi daraxt

Bir yo‘lovchi kattakon daraxtning tagida dam olmoqchi bo‘libdi. U yotibdi-yu, ko‘zi uyquga ketibdi. Bir vaqt o‘rnidan turib ketmoqchi bo‘lganda hamyoni yo‘qolganini payqab qolibdi. Shu yaqin o‘rtada bir qishloq bor ekan. Yo‘lovchi nima qilarini bilmay, qattiq qayg‘urib, yerga yotib dodlay boshlabdi. Uning dod-voyini eshitib odamlar to‘planishibdi va: -O‘g‘irlik bizning yerimizda sodir bo‘ldi, ishqilib, hammamiz javobgar bo‘lmasak […]

Batafsil
Non va tilla

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, O‘ktam degan bir kambag‘al dehqon bor ekan. Bir parcha non topsam, deb erta-yu kech ishlar ekan, bo‘sh qolsa qani endi davlat topib olsam-u, boyib ketsam, deb hayol surar ekan. Kunlardan bir kun O‘ktam, daraxt tagiga o‘tirib: “Olloh menga bir kuch bersa-yu, qo‘limni nimaga ursam, o‘sha narsa tillaga aylanib qolaversa, […]

Batafsil
Anor ertagi

Qadim zamonda bir podsho o‘tgan ekan. Bir kuni u ovga chiqibdi. Yo‘lda chanqab, tashnaligini qondirish uchun bir bog‘ga qarab yuribdi. Eshik oldiga kelib otdan tushmasdanoq: – Kim bor?– deb baqiribdi. Ichkaridan bir chol chiqibdi. Shohona libosdagi odamni ko‘rib salom beribdi. Ammo podsho uning salomiga alik olmasdan: – Chanqov bosdiga biror narsa topiladimi? – deb so‘rabdi. […]

Batafsil
Dehqon bilan jin

Qadim zamonlarda Baliqko‘l tomonlarda bir Jin bo‘lgan ekan. Kunlarning birida uning xojasi olamdan o‘tib, Jin ozodlikka chiqibdi. U hech qachon mustaqil, ozod yashab ko‘rmagan ekan. Endi nima qilsam ekan, yo o‘zimga boshqa xo‘jayin topsammikan, deb ketayotib dalada mehnat qilayotgan dehqonga duch kelibdi. U terlab-pishib yer chopayotgan ekan. Jinning dehqonga rahmi kelib: – Odamlarga qiyin ekan-a, […]

Batafsil
Shirin kulchalar mamlakati

Bir kuni Shohruhning buvisi ustida mayizlari bor shirin kulchalar olib kelibdi. Shohruh apil-tapil bitta shirin kulchani yeb olibdi va ochko’zlik bilan ikkinchisini so’rabdi. — Bo’ldi qil, – debdi onasi. Bitta yeding, boshqa mumkin emas. Bo’kib qolasan. Shohruh g’ingshishni boshlabdi va bir ozdan so’ng uxlab qolibdi. Shunda u antiqa tush ko’ribdi. Tushida u yurib-yurib katta darvoza […]

Batafsil
Uch tulki

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonlarda Qashqa nomli quyon bor ekan. Bir kuni u eshagiga minibdi-da, xo‘tigini ergashtirib, changalzor orqasida yashaydigan xolasinikiga ketibdi. Ariq labida qum zambarak o‘ynab o‘tirgan quyonchalar: —Changalzor qo‘rqinchli, yolg‘iz borma!—deyishibdi qichqirib. Qashqa ko‘nmabdi. Kun qizigan, tush payti ekan. Sho‘x xo‘tik boshidagi popuklarini silkitib dirkillar, bo‘ynidagi qo‘ng‘irog‘i ha deb jiringlar […]

Batafsil